Isroil G'azoning turli hududlarida uyushtirgan hujumlarida 11 falastinlik halok bo'ldi
Isroil armiyasining G'azoning turli hududlarida uyushtirgan hujumlarida kamida 11 falastinlik halok bo'ldi.
2176498

Isroil armiyasining G'azoning turli hududlarida uyushtirgan hujumlarida kamida 11 falastinlik halok bo'ldi.
Isroil harbiy samolyotlari tun bo'yi G'azoga hujumlarini davom ettirdi.
Isroil jangovar samolyotlari G’azoning markaziy qismidagi Az-Zavayida shahrining janubiy kirish qismidagi ko’chirilgan falastinliklarning chodirlarini bombardimon qildi. Hujum oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi.
G'azo shimolidagi Shayx Ridvan tumanidagi uyni nishonga olgan hujumda bir kishi halok bo'ldi, bir necha kishi yaralandi.
Janubdagi Xon Yunis shahridagi Hamed hududi yaqinida ko‘chirilgan falastinliklarning chodirlariga o‘t ochilgan.
Yevropa kasalxonasi yaqinidagi uy ham bombalangan. Bu hujumlarda yaralanganlar ham bor.