AQSh,Tehron ma'muriyatiga10 nafar Mossad agentining ismini aytgani iddao qilindi

HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga aloqadorligi taxmin qilingan 10 nafar Mossad agentining ismini aytgani iddao qilindi.

2176329
AQSh,Tehron ma'muriyatiga10 nafar Mossad agentining ismini aytgani iddao qilindi

 

Isroilga hujum qilishga tayyorlanayotgan Eronni tinchlantirish uchun Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Tehron ma'muriyatiga:

Uning HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga aloqadorligi taxmin qilingan 10 nafar Mossad agentining ismini aytgani iddao qilindi.

O'tgan hafta Turkiya orqali Eronga borgan AQSh delegatsiyasining Tehronda o'ldirilgan Ismoil Haniya bilan bog'liq rasmiylar bilan ikki soatlik uchrashuv o'tkazgani iddao qilindi.

Fox News telekanalining Quvaytda joylashgan Al Jarida gazetasiga asoslanib xabar berishicha,

AQSh delegatsiyasi Eron va Isroil o'rtasidagi ziddiyatni kamaytirish va Eronni tinchlantirish maqsadida ma'lumot almashish uchun yashirincha Tehronga bordi.

Xabarga ko'ra, delegatsiya Eronga Haniyaning o'ldirilishiga aloqadorligi taxmin qilingan 10 nafar Mossad agentining ismlarini o'z ichiga olgan ro'yxatni bergan.

Xabarda, delegatsiyaning Tehron ma'muriyatiga AQShning suiqasd haqida hech qanday ma'lumotga ega emasligini yetkazgani iddaosi ham o'rin olgan.

Yangilik trendga aylanganidan keyin Fox News uni efirdan olib tashladi.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi ham bu ayblovlarni rad etdi. Isroil matbuotiga bergan intervyusida AQSh Milliy Xavfsizlik Kengashi voizi, "Bu mutlaqo noto'g'ri" dedi.

31-iyul kuni poytaxt Tehronda HAMAS yetakchisiga suiqasd uyushtirilganidan keyin Eron Isroilni ayblab, qasos olishga qasam ichgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mossad , #Ismoil Haniye , #Eron , #AQSh

Aloqador xabarlar