Ganada dang bezgagi kasalligi tarqalmoqda
Ganada dang bezgagi kasalligiga chalinganlar soni 100 nafarga yetdi.
Ganada dang bezgagi kasalligiga chalinganlar soni 100 nafarga yetdi.
Sog'liqni saqlash xizmati rahbari Patrik Kuma-Aboagye ma'lum qilishicha, o'tgan oy Sharqiy provintsiyada kuzatilgan dang bezgagi yana 6 viloyatga tarqalgan.
Uning aytishicha, yana 103 nafar shubhali holat bor.
Kuma-Aboagye epidemiya tarqalishini oldini olish uchun mintaqaga tibbiy guruhlar yuborilganini aytdi.
Ganadagi dang bezgagi birinchi marta 15 iyul kuni Sharqiy provinsiyada kuzatilgan.
DANG BEZGAGİ NİMA?
Tropik va subtropik hududlarda uchraydigan dang bezgagi odamlarga chivinlar orqali yuqadi. Odatda inkubatsiya davridan keyin yengil isitmani keltirib chiqaradigan kasallik ba'zi hollarda o'limga olib kelishi mumkin.
Odatda "yomg'irli davrlar" deb nomlangan mart, iyun, sentyabr va dekabr oylarida holatlar ko'payadi.
Olimlarning ogohlantirishicha, yuqori harorat va uzoq muddatli yomg‘ir bezgak va dang bezgagi tashuvchi chivinlarning ko‘payishiga olib keladi.
Kasallikni keltirib chiqaradigan chivin turlari suv havzalarida lichinkalar hosil qilganligi sababli, mumkin bo'lgan ko'payish joylari doimo dezinfektsiya qilinishi kerak.
Aloqador xabarlar
Isroil hujumlari yana 6 kishi umriga zomin boʻldi
Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar, yana 6 kishi umriga zomin boʻldi.