AQSh Isroilga 20 mlrd dollarlik qurol eksportini ma'qulladi
Qo‘shma Shtatlar Isroilga 20 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha qurollar – 50 ga yaqin F-15 qiruvchi samolyotlari va 33 ming o‘q-dorilar eksportini ma’qulladi.
Qo‘shma Shtatlar Isroilga 20 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha qurollar – 50 ga yaqin F-15 qiruvchi samolyotlari va 33 ming o‘q-dorilar eksportini ma’qulladi.
Bu haqda Pentagonning Mudofaa xavfsizligi va hamkorlik agentligi bayonotida qayd etilgan.
“Bu Isroilning joriy va kelajakdagi dushman tahdidlariga javob berish qobiliyatini yaxshilashi kerak", deyiladi bayonotda.
Sotish uchun tasdiqlangan 5 ta alohida paketga jangovar samolyotlar, havo-havo raketalari, tank va artilleriya o'q-dorilari va taktik vositalar kiradi.
Umumiy qiymati 18,9 milliard dollar bo'lgan 50 ta F-15IA va 25 ta F-15I qiruvchi samolyotlari va ularga tegishli o'q-dorilar butun savdoning eng katta qismini tashkil etadi.
Boshqa tomondan, paketlarga 30 ta o'rta masofaga mo'ljallangan havo-havo raketa tizimlari (AMRAAM) va 32 mingdan ortiq tank snaryadlari va boshqa tegishli uskunalar ham kiritilgan.
50 mingdan ortiq artilleriya snaryadlari va tegishli jihozlarni sotish ham alohida paket sifatida tasdiqlandi.
Umumiy savdo qiymati 20,3 milliard dollar bo'lgan paket G'azodagi o't ochishni to'xtatish jarayoni noaniqligicha qolayotgan va mintaqada keskinlik kuchaygan bir paytda tasdiqlandi.