Afrikadagi suv toshqinlarida 700 mingdan ortiq odam jabrlandi

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o'rinbosari Farhan Haq ma'lum qildi.

2175464
Afrikadagi suv toshqinlarida 700 mingdan ortiq odam jabrlandi

 

Markaziy va G'arbiy Afrikada kuchli yomg'irlar sababli yuzaga kelgan suv toshqinlarida shu paytgacha 700 mingdan ortiq odam jabrlandi.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o'rinbosari Farhan Haq ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, kuchli yomg'ir va suv toshqinlaridan Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Kot-d'Ivuar, Kongo Demokratik Respublikasi, Liberiya, Niger, Nigeriya, Mali va Togo zarar ko'rgan.

"Yomg'ir mavsumining dastlabki ikki oyida bunday kuchli yomg'irlarning sodir bo'lishi xavotir uyg'otmoqda. 700 mingdan ortiq odam suv toshqindan zarar ko'rdi" - dedi u.

Uning ta'kidlashicha, BMT bilan hamkorlikda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan mamlakatlarga yordam kuchaytirilgan. Oziq-ovqat tarqatish, boshpana, suv va sanitariya xizmatlarini taqdim etishga harakat qilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish markaziy jamg‘armasi joriy yilda suv toshqinidan jabr ko‘rgan Kongo Demokratik Respublikasi va Niger hukumatlariga jami 10 million dollar miqdorida yordam ko‘rsatdi.


Tanlangan kalimalar: #G'arbiy Afrika

Aloqador xabarlar