AQSh Saudiya Arabistoniga qurol embargosini bekor qildi

Amerika Qo'shma Shtatlari Saudiya Arabistoniga nisbatan hujum qurollari embargosini bekor qilganini e'lon qildi.

2175182
AQSh Saudiya Arabistoniga qurol embargosini bekor qildi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Saudiya Arabistoniga nisbatan hujum qurollari embargosini bekor qilganini e'lon qildi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Vedant Patel ma'lum qildi.

“Saudiya Arabistoni Qo‘shma Shtatlarning strategik muhim hamkori bo‘lib qolmoqda va biz bu hamkorlikni yanada mustahkamlashga umid qilamiz”, — dedi u.

Patel o'z bayonotida qurol savdosining boshlanishi bilan Saudiya Arabistoniga havo va quruqlik nishonlariga qarshi hujum o'q-dorilari savdosi tezlashishini bildirdi.

Bayonotda, shuningdek, potentsial oddiy qurollar transferi amalga oshishi mumkinligi va bu qadamlar ikki davlat o'rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yo'lidagi muhim burilish nuqtasi bo'lishi ta'kidlandi.

Eslatma: Prezident Jo Bayden ma'muriyati 2021 yilda Yamanda Eron tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan Husiylarga qarshi kampaniya olib borgandi. U tinch aholining qurbon bo'lishiga olib kelgan kampaniyani tilga olib, Ar-Riyod hujumkor qurol embargosini joriy qila boshlagan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni , #AQSh

Aloqador xabarlar