Braziliyada bortida 62 kishi bo‘lgan samolyot turar-joy hududiga qulab tushdi
Braziliyada bortida 62 kishi bo‘lgan samolyot turar-joy hududiga qulab tushdi, tirik qolganlar yo‘q.
Braziliyada bortida 62 kishi bo‘lgan samolyot turar-joy hududiga qulab tushdi, tirik qolganlar yo‘q.
Kaskavel shahridan Guarolxusga ketayotgan Voepass Airlines aviakompaniyasiga tegishli ATR-72 tipidagi samolyot San-Paulu shimolidagi Vinhedo shahridagi turar-joy hududiga 58 yo'lovchi va 4 kishidan iborat ekipaj bilan qulagan.
Braziliya matbuotidagi xabarlarga ko'ra, samolyotda omon qolganlar yo'qligi aytilgan.
Braziliya prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva samolyotdagi barcha insonlar halok bo'lganini ma'lum qildi va halok bo'lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda aks ettirilgan tasvirlarda samolyot o‘z o‘qi bo‘ylab aylanib, vertikal ravishda quladi. Kadrlarda voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgani va samolyot yonib ketgani aks etgan.