AQSh, Misr va Qatar G'azo bo'yicha muzokaralarni boshlashga chaqirdi

Bu xususdagi qo’shma bayonotga AQSh prezidenti Jo Bayden, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Qatar Amiri Al-Soniy imzo chekdi.

2173499
AQSh, Misr va Qatar G'azo bo'yicha muzokaralarni boshlashga chaqirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari, Misr va Qatar G'azoda o't ochishni to'xtatish bo'yicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi.

Bu xususdagi qo’shma bayonotga AQSh prezidenti Jo Bayden, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Qatar Amiri Al-Soniy imzo chekdi.

Unda Isroil va XAMASga 15 avgust kuni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashtirish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash taklif qilindi.

Muzokaralarni Misr poytaxti Qohira yoki Qatar poytaxti Dohada o'tkazish taklif qilindi.

Bayonotda, otashkesim uchun boshqa vaqtni behuda o'tkazmaslik kerakligi ta'kidlanib, hech bir tomonning kechikishlarga sabab bo'ladigan bahonalariga o’rin berilmasligi qayd etildi.

“Garovga olinganlarni ozod qilish, o‘t ochishni to‘xtatish va tomonlar o’rtasidagi kelishuvni amalga oshirish vaqti yetib keldi”, - deyiladi qo’shma bayonotda.

Bu chaqiruvga Isroil Bosh vazirligi idorasi javob berdi. Isroil 15 avgust kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishga muzokarachilarni yuborishini bildirdi.

AQSh prezidenti Jo Bayden 31-may kuni 3 bosqichdan iborat yangi sulh taklifini taqdim etgandi, biroq Isroil tomoni G’azodagi hujumlarini “belgilangan maqsadlar”ga erishilgunga qadar davom etishini ma’lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #G'azo

Aloqador xabarlar