Rossiyaning Kursk viloyatida favqulodda holat joriy etildi

Bu haqda gubernator vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ma’lum qildi.

2172902
Rossiyaning Kursk viloyatida favqulodda holat joriy etildi

 

Rossiyaning Kursk viloyatida ikki kundan beri janglar davom etmoqda.

Ukraina kuchlarining mintaqaga kirib kelishi oqibatlarini bartaraf etish uchun mintaqada favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda gubernator vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ma’lum qildi. 

Smirnov o'zining Telegram kanalida bergan bayonotida Ukraina armiyasi tomonidan Kursk viloyatida boshlatilgan hujumlaridan keyingi mavjud vaziyat haqida ma'lumot berdi.

Sharoit o'ta og'ir lekin nazorat ostida ekanligini ifoda etgan Smirnov, "Dushman askarlarining Kursk viloyatiga kirishi oqibatlarini bartaraf etish uchun 7 avgustdan e'tiboran mintaqada favqulodda holat e'lon qilishga qaror qildim" dedi. 

Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligi, Ukraina askarlarining mintaqada uyushtirgan hujumida yaralanganlar soni 31 nafarga yetganini ma'lum qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatidagi vaziyat bo'yicha xavfsizlik xodimlari bilan yig'ilish o'tkazdi va hukumatdan tinch aholiga zarur yordam ko'rsatish uchun chora ko'rishni so'radi.


Tanlangan kalimalar: #Kursk , #Rossiya

Aloqador xabarlar