Yaman g'arbidagi suv toshqinida 45 kishi halok bo'ldi

Tabiiy ofat tufayli 500 dan ortiq oila ko'chirilgan, ko'plab uylar vayron bo'lgan, 7 ta mashina suv ostida qolgan.

2172799
Yaman g'arbidagi suv toshqinida 45 kishi halok bo'ldi

 

Yaman g'arbidagi Taiz va Hudayda shaharlarida sodir bo'lgan suv toshqinida 45 kishi halok bo'ldi.

Husiylarga aloqador Al-Masira kanalining xabariga ko'ra, Hudayda shahrining o'zida kuchli yomg'irlar natijasida yuzaga kelgan toshqinda 30 kishi hayotdan ko'z yumgan.

Suv toshqini oqibatida 5 kishi bedarak yo‘qolgan.

Tabiiy ofat tufayli 500 dan ortiq oila ko'chirilgan, ko'plab uylar vayron bo'lgan, 7 ta mashina suv ostida qolgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda, "Bir necha kun oldin Taiz shahrida sodir bo'lgan sel falokatida 15 kishi hayotdan ko'z yumdi" deb ifoda etildi.


Tanlangan kalimalar: #Yaman

Aloqador xabarlar