Islom hamkorlik tashkiloti favqulodda yig'ilish o'tkazadi
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tadigan IHT Tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida Hamas yetakchisi Ismoil Xaniyaning o‘tgan hafta Eronda o'ldirilishi va Isroilning Livanga hujumlari oqibati muhokama qilinadi.
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bugun, 7 avgust kuni Jidda shahridagi IHT Bosh kotibiyatida Falastin-Isroil vaziyatini, jumladan, XAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Xaniyaning o‘ldirilishini muhokama qilish uchun Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazadi.
"Isroil bosqinchiligining Falastin xalqiga, xususan G‘azo sektoriga nisbatan davom etayotgan vahshiyliklariga javoban ushbu yig‘ilish o‘tkazildi. Hozirgacha bu harakatlar 40 000 dan ortiq odamning o‘limiga va 91 000 dan ortiq falastinlik tinch aholining jarohatlanishiga olib keldi, ularning aksariyati ayollar va bolalardir”, deyiladi tashkilot bayonotida.
Mazkur yig’ilishda Turkiyadan Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Nuh Yilmaz ishtirok etadi.
Eslatma: 31 iyul kuni Xaniyaning Tehrondagi qarorgohiga zarba berildi. Eronning yangi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Eronga kelgan Xaniya vafot etdi. XAMAS harakati qotillikda Isroilni aybladi va voqeani terakt deb atadi. Eron Xoniyaning o‘limi uchun “tegishli vaqtda va joyda” qasos olishga va’da berdi.