150 ming isroillik mamlakat tashqarisida qolib ketgan
Isroilning Hamas va Hizbulloh bilan munosabatlari keskinlashgani sababli, ko'plab aviakompaniyalar bu mamlakatga parvozlarini bekor qilgani uchun 150 ming isroillik mamlakat tashqarisida qolib ketdi.

O‘tgan hafta Eron poytaxti Tehronda Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi va Isroilning Bayrutga havo hujumi Hizbulloh yuqori darajali qo'mondoni Fuad Shukurni o'ldirgandan so'ng, Eron, Hizbulloh va Hamasning Isroildan o'ch olish ehtimoli, bu mintaqadagi aviakompaniyalarning parvozlariga va shuning uchun Isroil fuqarolarining mamlakatga qaytishiga ta'sir qildi.
Isroilning Channel 12 televideniyesining internet sahifasida berilgan bayonotda, ko'plab havo yo'llari shirkatlarining Tel Avivga parvozlarini bekor qilgani sababli taxminan 150 ming isroillik mamlakatga qaytib kela olmagani iddao qilindi.
Isroil davlat televideniyesi KANning kechagi xabarida, taxminan 4 ming isroillikning chet elda qolib ketgani va Isroilga qaytish uchun Tel Avivdagi Tashqi ishlar vazirligi bilan bog'langani bildirildi.
Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli 15 xalqaro aviakompaniya, jumladan Turk Havo Yoʻllari Tel-Avivga parvozlarini vaqtincha yoki nomaʼlum muddatga toʻxtatdi.