Ukraina AQShdan F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qilib oldi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2023 yil boshidan beri intiqlik bilan kutilgan Amerikaning birinchi F-16 qiruvchi samolyotlari nihoyat qabul qilinganini rasman e’lon qildi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2023 yil boshidan beri intiqlik bilan kutilgan Amerikaning birinchi F-16 qiruvchi samolyotlari nihoyat qabul qilinganini rasman e’lon qildi.
Zelenskiy bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.
"F-16 Ukrainada. Biz hamma narsani hal qildik. Men bu samolyotlarni o‘zlashtirgan va ularni davlatimiz uchun ishlatishni boshlagan barcha yigitlarimiz bilan faxrlanaman. Bu natija uchun jamoamizga minnatdorchilik bildiraman. Men F-16 bilan chinakam yordam berayotgan barcha hamkorlarga va bizning samolyot so‘rovimizni qabul qilgan birinchi davlatlarga - Daniya, Niderlandiya, AQSHga va barcha hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiraman”,- deb yozdi Zelenskiy.
Zelenskiy Ukrainaga boshqa davlatlar tomonidan qancha qiruvchi samolyot kiritilganiga aniqlik kiritmadi va boshqa tafsilotlar oshkor etilmadi.