Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, zo'ravonliklarda 2 askar halok bo'lganini e'lon qildi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, namoyishlar oqibatida yuzaga kelgan zo‘ravonliklarda 2 askar halok bo‘lgan, 120 nafar xavfsizlik xodimi yaralanganini ma’lum qildi.

2170816
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, zo'ravonliklarda 2 askar halok bo'lganini e'lon qildi

 

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, namoyishlar oqibatida yuzaga kelgan zo‘ravonliklarda 2 askar halok bo‘lgan, 120 nafar xavfsizlik xodimi yaralanganini ma’lum qildi.

Poytaxt Karakasdagi Prezidentlik saroyi Mirafloresda matbuotga baholar bergan Maduro, namoyishlarda shifoxonalar, universitetlar va jamoat transporti nishonga olinganini aytdi.

Voqealarda 2 askarning hayotdan ko'z yumganini, 120 nafar qo'riqchining yaralanganini ma'lum qilgan Maduro, bunga sababchi bo'lganlarni birma-bir qo'lga olishlarini ma'lum qildi.

Milliy Saylov Kengashiga (CNE) uyushtirilgan kiber hujum ortidagi kuchning amerikalik milliarder Elon Musk ekanligini iddao qilgan Maduro, xavfsizlik tizimlarini kuchaytiramiz dedi.

Maduro matbuot a'zolariga faollar tomonidan sodir etilgan zo'ravonliklarni ekranlarda ko'rsatdi.

"Bu vandalizmni tinch namoyishlar bilan izohlab bo‘lmaydi. 20 dan ortiq boshlang‘ich maktab, 34 litsey, universitet, shifoxona, supermarket, 30 tez tibbiy yordam mashinasi va 200 ga yaqin politsiya mashinasiga hujum qilindi.

 Qo'mondon Ugo Chaves haykallari buzib tashlandi, ularning ko'plari hatto ovoz berishmadi. Ular Texasdan kelib, shov-shuvga sabab bo‘ldi. “Ular orasida giyohvandlar ham bor.

Maduro barchadan Milliy saylov kengashi (CNE) tomonidan e'lon qilingan saylov natijalarini hurmat qilishni so'radi va konstitutsiya hamma uchun majburiy ekanligini ta'kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar