Ismoil Haniya uchun Dohada dafn marosimi uyushtirildi
Xamas siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya uchun Dohada dafn marosimi uyushtirildi.
Eron poytaxti Tehronda suiqasd oqibatida shahid bo‘lgan Xamas siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya uchun Qatar poytaxti Dohada dafn marosimi uyushtirildi.
Marosimda Turkiya nomidan Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, vitse - prezident Jevdet Yilmaz, Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan va Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari Ibrahim Kalin ishtirok etdi.
Bugun ertalabdan e’tiboran dunyoning turli davlatlaridan minglab inson marosimda ishtirok eta olish uchun janoza namozi o‘qiluvchi jome’ masjidiga yig‘ildi.
Haniyaning janoza namozi arab va islom dunyosi liderlarining ham ishtirokida o‘qildi.
Keyin esa Haniya va uning tansoqchilarining jasadi Lusayl shahrida tuproqqa berildi.
Xamas siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning ilk marosimi kecha Eronda minglab inson ishtirokida uyushtirilgandi.
Tehrondagi marosim ortidan Haniyaning jasadi anchadan beri istiqomat qilayotgan Qatarga olib borilgandi.
Aloqador xabarlar
Mahmud Abbos ertaga Ispaniyaga tashrif buyuradi
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Madridda Bosh vazir Pedro Sanches bilan uchrashadi.