Gʻazoda minglab oʻquvchi bilan yuzlab oʻqituvchi hayotdan koʻz yumdi
Emsed Barham, toʻliq oʻrta maktabiga oʻtish sinovlarining birinchi bosqichi natijalari munosabati bilan uyushtirgan matbuot anjumanida Gʻazodagi oʻquvchilarning ahvoliga toʻxtaldi.
Gʻazo sektorida 10 oydan beri Isroil hujumlari davom etmoqda. Oqibatida bugungacha falastinlik 10 ming nafar oʻquvchi bilan 400 nafar oʻqituvchi hayotdan koʻz yumdi.
Falastin Ta’lim vaziri Emsed Barham, toʻliq oʻrta maktabiga oʻtish sinovlarining birinchi bosqichi natijalari munosabati bilan uyushtirgan matbuot anjumanida Gʻazodagi oʻquvchilarning ahvoliga toʻxtaldi.
Isroil hujumlari yuzasidan bugungacha falastinlik 39 ming nafar oʻquvchi toʻliq oʻrta maktabiga oʻtish sinoviga kira olmaganiga e’tibor qaratgan Barham, oʻtgan 2023 - yilning 7 - oktabridan beri falastinlik 10 ming nafar oʻquvchi bilan 400 nafar oʻqituvchi hayotdan koʻz yumganini ma'lum qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotiga koʻra Isroil tomonidan Gʻazoga qarshi 7 - oktabrda boshlagan hujumlar tufayli 625 ming nafar oʻquvchi ta’lim olishdan mahrum qoldi.
Gʻazo sektoridagi ta’lim muassasalarining 88 foizi ziyon koʻrgan.
Mintaqada qurbonlar soni 40 ming nafarga yetdi, aksariyati bolalar va ayollardan iborat.