Peruda yo‘lovchi avtobusining jarlikka qulashi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi
Cangallo shahridan Ayacucho mintaqasiga ketayotgan yo'lovchi avtobusining 200 metrlik qoyaga qulagani ma'lum qilindi.
2164257
Janubiy Amerika davlati Peruda yo‘lovchi avtobusining jarlikka qulashi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi.
Milliy politsiya tomonidan mahalliy matbuotga berilgan bayonotda, Cangallo shahridan Ayacucho mintaqasiga ketayotgan yo'lovchi avtobusi 200 metrlik jarlikka qulagani ma'lum qilindi.
Bayonotda, avtohalokatda 29 kishining hayotdan ko'z yumgani, 13 kishining davolanishi davom etgani bildirildi.
Transport va kommunikatsiyalar vaziri Raul Peres Reyes voqea yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.
Aloqador xabarlar
Isroil armiyasi falastinlik 902 oilani butunlay vayron qildi
Isroil armiyasi oʻtgan yildan beri falastinlik 902 oilani butunlay vayron qildi.