NATO sammiti o'z ishini boshladi

Amerika Qo’shma Shtatlari poytaxti Vashingtonda bo’lib o’tayotgan sammitning kun tartibidagi asosiy masala Ukraina-Rossiya urushiga qaratilgan.

2161216
NATO sammiti o'z ishini boshladi

 

Shimoliy Atlantika alyansi tashkiloti NATO sammiti o'z ishini boshladi.

Amerika Qo’shma Shtatlari poytaxti Vashingtonda bo’lib o’tayotgan sammitning kun tartibidagi asosiy masala Ukraina-Rossiya urushiga qaratilgan.

NATOga a'zo 32 davlat rahbarlari ishtirokidagi NATO sammiti ittifoqning 75 yilligini nishonlash marosimi bilan boshlandi.

AQSh prezidenti Jo Bayden marosimda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga “Erkinlik medali”ni topshirdi.

Stoltenberg tantanali tadbirda so'zlagan nutqida Ukraina urushiga to'xtalib o'tdi.

Ukrainani qo'llab-quvvatlash davom etishi kerakligini ta'kidlagan Stoltenberg, bu urushning oqibati o'n yillar davomida global xavfsizlikka katta ta'sir ko'rsatishini aytdi.

Sammitga mezbonlik qilayotgan AQSh prezidenti Jo Bayden alyans aʼzolari Ukrainaga “tarixiy” muhim havo hujumidan mudofaa tizimlari taqdim etilishini maʼlum qildi.

Bayden shuningdek, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Ruminiya bilan birgalikda Ukrainaga Patriot batareyalari va ehtiyot qismlarini yetkazib berishlarini aytdi.

Sammitga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham taklif etilgan.

Zelenskiy Vashingtondagi bayonotida “dunyo Rossiyani toʻxtatish uchun noyabr oyida boʻlib oʻtadigan AQSh prezidentlik saylovini kuta olmasligini” aytdi.

Ukraina rahbari AQSh ma'muriyatiga "qat'iy harakat qilish uchun kuchli qarorlar qabul qilish vaqti yetib keldi" dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO

Aloqador xabarlar