Yevropa Ittifoqi Gruziyaning integratsiya jarayonini to‘xtatdi

Bunga "Chet el ta’sirining ochiqligi to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi va Gruziya rasmiylarining G‘arbga qarshi chiqishlari sabab bo‘lgan.

2161128
Yevropa Ittifoqi Gruziyaning integratsiya jarayonini to‘xtatdi

 

Yevropa Ittifoqi Gruziyaning integratsiya jarayonini to‘xtatib, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun mamlakatga 30 million yevro miqdoridagi moliyaviy yordamni muzlatib qo‘yishga qaror qildi.

Bunga "Chet el ta’sirining ochiqligi to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi va Gruziya rasmiylarining G‘arbga qarshi chiqishlari sabab bo‘lgan.

"Hozirgi Gruziya hukumatining niyatlari Yevropa Ittifoqi rahbarlariga tushunarsiz. Chet el ta’sirining shaffofligi to‘g‘risidagi qonun aniq orqaga qadamdir. Shuningdek, G‘arbga qarshi, Yevropaga qarshi ritorika Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha e’lon qilingan maqsad bilan mutlaqo mos kelmaydi", — dedi YEIning Tbilisidagi elchisi Pavel Gerchinskiy.

Gerchinskiy, shuningdek, Tbilisi uchun moliyaviy yordamni muzlatish haqida e’lon qildi.

"Yevropa Ittifoqi rahbarlari, shuningdek, Yevropa tinchlik jamg‘armasi doirasida Gruziya mudofaa kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘larni muzlatishga qaror qilishdi. Ayni paytda biz Mudofaa vazirligiga o‘tkazishni rejalashtirgan 30 million yevro miqdoridagi pul muzlatib qo‘yildi", — deya davom etdi u.

Qayd etish joizki, "Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida"gi qonun ommaviy ko‘cha namoyishlari va Gruziya prezidenti Salome Zurabishvilining vetosiga qaramay qabul qilingan. Qonun tanqidchilari ushbu hujjatni Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuni bilan solishtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Gruziya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar