Pokistondagi og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan 8 kishi halok bo‘ldi

Xaybar - Paxtunxva viloyatining ayrim hududlarida og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan uylarning tomlari qulab tushar ekan ayni vaqtda suv toshqinlari sodir bo‘lib, ayrim yo‘llar yopildi.

2122656
Pokistondagi og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan 8 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning shimoli - g‘arbidagi Xaybar - Paxtunxva viloyatida og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi tan jarohati oldi.

Xaybar - Paxtunxva viloyatining ayrim hududlarida og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan uylarning tomlari qulab tushar ekan ayni vaqtda suv toshqinlari sodir bo‘lib, ayrim yo‘llar yopildi.

Og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan paydo bo‘lgan suv toshqini va boshqa voqealar oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi yosh bola ekani aytilmoqda.

Viloyatda sel va tomlarning qulashi oqibatida halok bo‘lganlardan tashqari 12 kishi tan jarohati oldi, 2 nafar yosh bola esa bedarak yo‘qoldi.

Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlarning uch nafari bir oiladan bo‘lgan va 7 yoshlardagi aka -uka ekanliklari ma’lum qilindi.

Rasmiylar xavfsizlik chora - tadbirlari tufayli mintaqadagi ba’zi yo‘llarning yopilganini ham o‘z so‘ziga ilova etdilar.

Xaybar - Paxtunxva viloyatida 2 - mart kuni og‘ir yog‘ingarchilik tufayli ba’zi uylarning tomlari qulab tushar ekan, ba’zi uylar esa ko‘chkilar tufayli yer ostida qolib ketgandi. Oqibatida 30 kishining hayotdan ko‘z yumgani qayd etilgan.



Aloqador xabarlar