Turkiyaga F – 16 sotish haqida AQSh Kongressidagi ko‘rib chiqish jarayoni muddati tugadi
AQSh yetakchiligi tomonidan F - 16 sotish masalasi ustidan Kongressga yuborilgan rasmiy yozuv ortidan qonuniy ravishda belgilab olingan 15 kunlik ko‘rib chiqish jarayoni muddati, savdoni to‘xtatuvchi hech qanday sabab yo‘qligiga qaramay yakunlandi.
Turkiyaga F – 16 qiruvchi samolyot sotish haqidagi Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Kongressidagi ko‘rib chiqish jarayoni muddati tugadi.
AQSh yetakchiligi tomonidan 26 – yanvar kuni F - 16 sotish masalasi ustidan Kongressga yuborilgan rasmiy yozuv ortidan qonuniy ravishda belgilab olingan 15 kunlik ko‘rib chiqish jarayoni muddati, savdoni to‘xtatuvchi hech qanday sabab yo‘qligiga qaramay yakunlandi.
Mazkur 15 kunlik ko‘rib chiqish va e’tirozlar jarayonida faqatgina Kentucky senatori Rand Paul tomonidan Senatga taqdim etilgan e’tiroz kun tartibiga olib chiqildi.
Paul tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasi Senatning Tashqi aloqalar qo‘mitasiga havola qilinar ekan, bu yerda qonun loyihasi bo‘yicha hech qanday chora ko‘rilmadi.
Bu orqali AQSh yetakchiligining rasmiy bayonoti ortidan Kongressdagi 15 kunlik muddat kecha AQSh vaqti bilan o‘z nihoyasiga yetdi va AQSh qurol eksportini nazorat qilish qonuniga muvofiq tegishli muassasalar o‘rtasida savdo jarayoni boshlanishiga hech qanday to‘siq qo‘lmadi.
Turkiya, AQShdan 40 ta yangi F - 16 Block 70 qiruvchi samolyoti va inventarizatsiyasidagi 79 ta samolyotni modernizatsiya qilish uchun kerakli uskuna talab qilgandi.
Boshqa tomondan, AQShning Anqaradagi elchisi Jeffry Flake, AQSh Kongressining Turkiyaning 40 ta yangi va 79 ta modernizatsiya qilingan F - 16 samolyotini sotib olishini tasdiqlash haqidagi qarorini, “Kelajak uchun tashlangan shaxdam qadam”, - deb baholadi.
Jeffry Flake,
“Turkiyaning F - 16 floti NATO qudrati jihatidan hayotiy ahamiyatga ega boʻlib, kelajakda ittifoqchilarning birgalikda ish olib borishlarini taʼminlaydi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.
Aloqador xabarlar
BMT: Asad o'tmishdagi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishi kerak
BMT: Suriyadagi muvaqqat hukumat o'tmishdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni ta'minlashi kerak