AQSh va Germaniya Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga kelishib oldi
Germaniya kansleri Olaf Shols AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Germaniya Bosh vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.
2089748
Germaniya kansleri Olaf Shols AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Germaniya Bosh vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.
Qayd etilishicha, yetakchilar Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirish va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilgan.
Germaniya kansleri va Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan hujumini qoralash va Ukrainaga moliyaviy, harbiy va gumanitar yordamni davom ettirishga kelishib olgan.
Bayonotda Germaniyaning joriy yilda Ukrainaga 7 milliard yevrodan ortiq harbiy va moddiy yordam berishi ta’kidlandi.
Aloqador xabarlar
Tramp G‘azodagi otashkesimdan shubhalanmoqda
AQSh Prezidenti Donald Tramp, G‘azodagi otashkesimdan shubhalanmoqda.