AQSHning Ayova shtatidagi maktabda otishma sodir bo‘ldi

Politsiya rasmiylari yuqori maktabning 17 yoshli o‘quvchisi Dilan Batler ta’tildan keyingi birinchi kuni ertalab maktabda otishma sodir etganini ma’lum qildi.

2084707
AQSHning Ayova shtatidagi maktabda otishma sodir bo‘ldi

 

Kecha, 4 yanvar kuni AQSHning Ayova shtatidagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada bir o‘smir halok bo‘ldi, yana besh kishi yaralandi. 

Politsiya rasmiylari yuqori maktabning 17 yoshli o‘quvchisi Dilan Batler ta’tildan keyingi birinchi kuni ertalab maktabda otishma sodir etganini ma’lum qildi. 

U nasosli miltiq va to‘pponcha bilan qurollangani aniqlangan. Politsiyaning aytishicha, 17 yoshli o‘quvchi otishmadan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

Maktab binosidan qo‘lbola portlovchi qurilma ham topilgan. U sapyorlar tomonidan zararsizlantirilgan.

Otishma ertalab soat 08:30 da darslar hali boshlanmagan va maktab binosida nisbatan kam sonli o‘quvchilar bo‘lgan paytda boshlangan. 

Mahalliy matbuotning yozishicha, voqeadan keyin kelgan ko‘plab maktab o‘quvchilari uylariga jo‘natilgan.

Perry maktabi Perri shahrida joylashgan bo‘lib, aholisi atigi 8 ming kishidan oshadi. Maktab jami 1785 o‘quvchiga ega bo‘lgan mahalliy jamoat maktablari tarmog‘ining bir qismidir.


Tanlangan kalimalar: #AQSh

Aloqador xabarlar