Noqulay ob – havo sharoiti tufayli Dunay daryosi toshib ketdi
Vengriyada noqulay ob – havo sharoiti tufayli Dunay daryosi toshib ketdi.
2082280

Vengriya poytaxti Budapeshtda 2013 - yildan beri eng yuqori suv sathiga erishgan Dunay daryosi kuchli yomg‘irlar tufayli toshib ketdi.
«The Budapest Times» internet saytida chop etilgan xabarga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar Dunay daryosidagi suv sathini ko‘tarib, poytaxtda daryoning toshib ketishiga yo‘l ochdi.
Vengriya suv boshqarmasi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Dunay daryosi suv sathining Budapeshtda 693 santimetrga yetgani bildirildi.
Bayonotda shuningdek, Vengriya janubidagi Mohach shahridagi suv sathining esa 31 - dekabr kuni 805 santimetrga yetishi kutilayotgani qayd etildi.
Vengriyada 2013 - yili kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli Dunay daryosi suv sathi 891 santimetrga yetgan edi.