Keniyada yuz bergan suv toshqinlarida qurbonlar soni 136 nafarga yetdi

Hukumat toshqin qurbonlari uchun 15 million dollar byudjet ajratib, mamlakatda "favqulodda holat" e'lon qildi.

2071318
Keniyada yuz bergan suv toshqinlarida qurbonlar soni 136 nafarga yetdi

 

Keniyada noyabr oyi o‘rtalaridan beri davom etayotgan kuchli yog'ingarchilik oqibatida suv toshqinlari ro'y bermoqda.

Falokat oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 136 nafarga yetdi.

Keniya Ichki Ishlar Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, kuchli yomg'ir sababli yuzaga kelgan selda 136 kishining hayotdan ko'z yumgani bildirildi.

O'n minglab odamlar uylarini tark etishga majbur bo'lgan.

Hukumat toshqin qurbonlari uchun 15 million dollar byudjet ajratib, mamlakatda "favqulodda holat" e'lon qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham Keniya shimolida joylashgan Efiopiyada ham sel falokati bo'lganini ma'lum qildi.

Efiopiyadagi suv toshqinlari oqibatida 57 kishi halok bo'lgani ma'lum qilindi.

Efiopiyada suv toshqinlari tufayli 600 ming kishining uy-joyini tark etganiga diqqat qaratgan BMT, vabo epidemiyasining ham ortib borayotganini bildirdi.

Shu kungacha Keniya va Efiopiya sharqida joylashgan Somalida suv toshqinlari oqibatida 101 kishi hayotdan ko'z yumgandi.


Tanlangan kalimalar: #Keniya

Aloqador xabarlar