Halab aeroportiga qarshi yana hujum uyushtirildi

Halabdagi xalqaro aeroport alohida – alohida 3 raketa hujumi orqali nishonga olindi.

2050961
Halab aeroportiga qarshi yana hujum uyushtirildi

Suriyada Bashar Asad yetakchligi nazorati ostidagi Halab aeroportiga qarshi yana hujum uyushtirildi.

Halabdagi xalqaro aeroport alohida – alohida 3 raketa hujumi orqali nishonga olindi.

Damashq yetakchiligining SANA axborot agentligi harbiy manbaga tayangan xabarida ham, Halab aeroportining mahalliy vaqt bilan soat 23:35 da Isroil tomonidan havo hujumiga uchragani iddao etdi.

Xabarda, “Uchish - qoʻnish yoʻlaklari ziyon koʻrdi. Aeroport xizmat bera olmay qoldi”.- degan ifodalarga oʻrin berildi.

Isroil, 12 - oktabr kuni ham bir vaqtning o‘zida ham Damashq ham da Halabdagi xalqaro aeroportni nishonga olgandi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Halab , #raketa hujumi

Aloqador xabarlar