AQSh PKKga qarshi kurashda Turkiyani qo'llab-quvvatlaydi

Amerika Qo'shma Shtatlari terror tashkiloti PKKga qarshi kurashda NATO ittifoqchisi Turkiya va turk xalqining yonida "qat'iy" turishda davom etishini ma'lum qildi.

2045345
AQSh PKKga qarshi kurashda Turkiyani qo'llab-quvvatlaydi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari terror tashkiloti PKKga qarshi kurashda NATO ittifoqchisi Turkiya va turk xalqining yonida "qat'iy" turishda davom etishini ma'lum qildi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller kundalik matbuot anjumanida, PKKning AQSh tomonidan "xorijiy terror tashkiloti" sifatida tan olinganini takrorladi.

Kuni kecha poytaxt Anqarada sodir bo'lgan terror hujumi ortida PKK terror tashkiloti turganini eslatgan jurnalistning, "AQShning PKK va uning Suriyadagi bo'limi YPGni qo'llab-quvvatlashiga Turkiyada uzoq vaqtdan beri g'azab bor edi. AQSh NATOdagi ittifoqchisi Turkiya tomonidan terrorchi guruh sifatida ta'riflangan tashkilot bilan munosabatlarini qanday davom ettirishni rejalashtirmoqda?" degan savolga Miller shunday javob berdi.

"PKKga qarshi kurashda Turkiya va turk xalqining yonidamiz va buni davom ettiramiz” deb javob beradi AQSh mulozimi.

U shuningdek, Qo'shma Shtatlar Turkiya poytaxtidagi teraktni "qat'iy" qoralaganini va yaradorlarning "tezroq tuzalib ketishini" tilaganini yana bir bor ta'kidladi.

Eslatma: 1 oktyabr kuni tongda Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligining Xavfsizlik bosh boshqarmasida terakt sodir etishga urinish bo‘ldi. Ikki erkak mashinada bino oldiga borgan. Ulardan biri o‘zini portlatib yuborgan, ikkinchi terrorchi otib o‘ldirilgan. Portlash paytida ikki nafar politsiyachi yengil tan jarohati olgan. Ushbu terakt PKK terror tashkiloti tomonidan sodir etilgani aniqlandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar