Pokistonning Balujiston viloyatida portlash oqibatida 34 kishi halok bo’ldi
Pokistonning Balujiston viloyatidagi masjid yaqinida Mavlid sharif uchun to'plangan fuqarolar yig'ilgan hududda sodir etilgan bombali terror hujumida 34 kishi, jumladan bir politsiya xodimi halok bo'ldi, 130 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Davn gazetasida chop etilgan xabarga ko'ra, Balujistonning Mastung mintaqasida bir masjid yaqinida Mavlid sharifi uchun yig'ilganlar hududda bomba portlatildi.
Portlash oqibatida 34 kishi, jumladan bir politsiyachi halok bo‘ldi, 130 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Voqea joyiga ko‘plab tez yordam mashinalari va qidiruv-qutqaruv guruhlari jo‘natildi.
Rasmiylar hodisa xudkushlik hujumi bo‘lishi ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.
Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Aloqador xabarlar
Yaponiyada 6,9 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi
Yaponiyada mahalliy vaqt bilan soat 21:19 da 6,9 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi.