Ispaniyada o'tkazilgan buqalar festivalida bir kishi halok bo‘ldi
Pobla de Farnals shahrining mahalliy kengashi bu hodisadan so'ng, ispanlarning an'anaviy urf-odatlaridan biri bo'lgan buqalar yugurish festivali va boshqa barcha tadbirlarni to'xtatishga qaror qildi.
2041737

Ispaniyaning Valensiya viloyatida o'tkazilgan buqalar festivalida bir kishi halok bo‘ldi.
Pobla-de-Farnals shahrida bo'lib o'tgan buqalar yugurish festivali chog'ida bir kishi buqa tomonidan og'ir jarohatlangan.
Ma'lumotga ko'ra, buqa tomonidan yetkazilgan zarbalar tufayli uning o'pkasi va jigari shikastlangan. Shifoxonada qilingan barcha muolajalarga qaramay odam vafot etgan.
Pobla de Farnals shahrining mahalliy kengashi bu hodisadan so'ng, ispanlarning an'anaviy urf-odatlaridan biri bo'lgan buqalar yugurish festivali va boshqa barcha tadbirlarni to'xtatishga qaror qildi.
Aloqador xabarlar

Isroil falastinlik ayol va bolalarni qamoqxonadan ozod qildi
Hamas ham G‘azo sektoridagi 8 nafar isroillik mahbusni ozod qildi.