Suriya armiyasi yana Idlibga qarshi hujum uyushtirdi
Suriya armiyasi yana Idlibga qarshi hujum uyushtirdi va oqibati 2 kishining umriga zomin bo‘ldi.
2041325

Suriya armiyasi tomonidan Idlib sharqidagi Sermin qishlog‘iga qarshi uyushtirilgan hujumda, tinch aholidan 2 kishi hayotdan ko‘z yumar ekan yana 2 kishi tan jarohati oldi.
Idlibning Saraqib tumanida joylashgan Suriya armiyasi bilan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan chet ellik terror guruhlari, Idlib sharqidagi Sermin qishlog‘iga qarshi quruqlikdan quruqlikka o‘q uziluvchi qurollar orqali hujum uyushtirdi.
Harbiy bo‘lmagan mudofaa manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda tinch aholidan 2 kishi hayotdan ko‘z yumar ekan yana 2 kishi tan jarohati oldi.
Tan jarohati olganlar, davolanishlari uchun kasalxonalarga olib borildi.