YUNESKO qadimiy Yerixo shahrini Jahon merosi ro'yxatiga kiritdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti (YUNESKO) tomonidan Qadimgi Yerixo shahri (Telle es-Sulton)ning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilganiga Isroil munosabat bildirdi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, bu qarorning Falastinliklarning YUNESKOdan foydalanishi va tashkilotni siyosiylashtirishining ko’rsatkichi ekanligi ilgari surildi.
Bayonotda, Isroil qabul qilingan barcha "yomon" qarorlarni o'zgartirish uchun harakat qiladi deb ta'kidlandi.
Falastin turizm va antiqa buyumlar vaziri Rula Muaya bugun YUNESKO Qadimiy Yerixo shahrini (Telle es-Sulton) Jahon merosi ro‘yxatiga kiritganini ma’lum qilgan edi.
Isroil 2011-yilda tashkilotning Falastinni aʼzo davlat sifatida qabul qilishiga qarshi chiqqan va 2019-yilda YUNESKOning noxolis ekanligini iddao qilib, tashkilotdan chiqqan.
Aloqador xabarlar

Nigeriyada vabo epidemiyasi tufayli 94 kishi vafot etdi
Joriy yil yanvar oyidan buyon mamlakatda 2 ming 860 kishida vabo kasalligi kuzatilgan.