Fransiya janubi-sharqida suv toshqinlari yuz berdi

Meteorologiya boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kuchli bo'ron va yog'ingarchilik tufayli 96 ta hududning 85 tasida ogohlantiruvchi holat e'lon qilindi.

2038839
Fransiya janubi-sharqida suv toshqinlari yuz berdi

 

Fransiyaning ko'plab mintaqalarida, ayniqsa janubi-sharqiy va shimoliy hududida kuchli yomg'ir va bo'ronlar o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Meteorologiya boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kuchli bo'ron va yog'ingarchilik tufayli 96 ta hududning 85 tasida ogohlantiruvchi holat e'lon qilindi.

Ko'plab shaharlar uchun "toshqin" ogohlantirishi e'lon qilingan bo'lsa-da, mamlakat janubi-sharqidagi Drome, Ardeche va Sarras hududlarida kuchli bo'ron va yomg'ir davom etmoqda.

To'fon sodir bo'lgan Mayen mintaqasida sodir bo'lgan tornado moddiy zarar keltirdi.

Shimoldagi Lunas shahrida suv toshqini oqibatida ko‘plab avtomobillar olib ketilgan, ko‘plab uylar vayron bo‘lgan.

Shanba kuni Herault mintaqasida kuchli yomg'irlar natijasida sodir bo'lgan sel, temir yo'l va quruqlik transportining uzilishiga sabab bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya

Aloqador xabarlar