Keniya barcha mamlakatlar uchun vizani bekor qilishni rejalashtirmoqda
Keniya prezidenti Uilyam Ruto o‘z mamlakati bir necha oy ichida barcha mamlakatlarga vizasiz imtiyozlar berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
2033348
Keniya prezidenti Uilyam Ruto o‘z mamlakati bir necha oy ichida barcha mamlakatlarga vizasiz imtiyozlar berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
The Star gazetasining xabariga ko'ra, Ruto poytaxt Nayrobida o'tkazilgan Afrika iqlim sammitida so'zlagan.
Keniyaning insoniyatning ilk aholi punktlariga mezbonlik qilganiga e'tibor qaratib, bu yerga tashrif buyurganlardan viza so'rashning to'g'ri bo'lmasligini aytdi.
Rutoning ta'kidlashicha, uning mamlakati butun insoniyatning vatani,
"Bir necha oy ichida biz barcha vizalarni olib tashlashni rejalashtirmoqdamiz." Deya ifoda etdi.
Vazifaga kelganidan beri ko'plab davlatlar bilan vizani bekor qilgan Ruto avvalroq barcha afrikaliklarga vizasiz berishini e'lon qilgan edi.