PKK/YPG tomonidan Afrinda uyushtirilgan hujumda 6 kishi yaralandi

Suriyaning Halab viloyatining Tel Rifat tumanida ishg’olini davom ettirayotgan bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPG tomonidan Afrindagi briket uylariga majburan ko’chirilgan tinch aholi boshpana topgan raketa hujumi oqibatida 6 nafar tinch aholi yaralandi

2022633
PKK/YPG tomonidan Afrinda uyushtirilgan hujumda 6 kishi yaralandi

 

Suriyaning Halab viloyatining Tel Rifat tumanida ishg’olini davom ettirayotgan bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPG tomonidan Afrindagi briket uylariga majburan ko’chirilgan tinch aholi boshpana topgan raketa hujumi oqibatida 6 nafar tinch aholi yaralandi.

Suriyaning Turkiya chegarasidan 18 kilometr uzoqlikdagi Tel Rifat tumanini 6 yildan ortiq vaqtdan beri ishg’ol qilgan PKK/YPG, tinch aholi manzilgohlarini nishonga olishda davom etmoqda.

Tel Rifatda  joylashgan terroristlar, harbiy muxolifat nazorati ostidagi Afrinning Terende qishlog'ida ko'chirilganlar boshpana topgan briket uylariga ikki marta raketa hujumi uyushtirdi.

Fuqarolik mudofaa manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, hujumda 3 nafar bola va 6 nafar tinch fuqaro tan jarohati olgan.

PKK/YPG terroristlari 2016-yil fevral oyida Tel Rifat va uning atrofidagi ba’zi aholi punktlarini Rossiyaning havo yordami bilan qo’lga kiritgan edi.

Terror tashkiloti 250 mingga yaqin tinch aholini Tel Rifat va uning atrofidan ko'chirdi va bu aholi Turkiya chegarasiga yaqin hududlardan boshpana topdi.

Bu yerdan PKK/YPG xavfsizlikni ta’minlagan Turk xavfsizlik kuchlari va muxolifat jangchilarining pozitsiyalari hamda “Firat qalqoni” operatsiyasi va “Zaytun novdasi” operatsiyasi mintaqasidagi aholi punktlariga hujum qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaralandi. , #6 nafar , #Hujum , #PKK/YPG , #Afrin , #Suriya

Aloqador xabarlar