Pokistondagi bombali hujum 20 kishining umriga zoımin bo‘ldi
Haybar-Pahtunhvaning Bajaur mintaqasida, Islom ulamolari jamiyati (JUI-F) partiyasi kongressida bombali hujum uyushtirildi.
Pokistonning Haybar-Pahtunhva viloyatida bombali hujum uyushtirildi. Koalitsiya hukumati hamkorlaridan biri bo‘lgan Islom ulamolari jamiyati (JUI-F) partiyasining kongressini nishonga olgan ushbu hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi esa jarohat oldi.
Milliy matbuotda chiqqan xabarlarga ko‘ra Haybar-Pahtunhvaning Bajaur mintaqasida, Islom ulamolari jamiyati (JUI-F) partiyasi kongressida bombali hujum uyushtirilgan.
Kongress o‘tkazilgan bino ichida sodir bo‘lgan hujumda dastlabgi ma’lumotlarga ko‘ra 20 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 50 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.
Hozircha hech kim hujum javobgarchiligini o‘z zimmasiga olmadi.
Mamlakatda, xususan, so‘nggi oylarda Haybar-Paxtunhva va Balujiston viloyatlarida terror hujumlari ortdi.
Islomobod bu hujumlarning, Afg‘onistonda joylashgan Pokiston Toliboni (TTP) tomonidan rejalangan va boshqarilganini ta’kidlar ekan, Afg‘oniston buni rad etmoqda.