Rossiya Mudofaa vazirligi Vagner jangarilarini isyonga qo‘shilmaslikka chaqirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Vagner xavfsizlik kompaniyasi jangarilarini isyonga qo‘shilmaslikka chaqirdi.

2003920
Rossiya Mudofaa vazirligi Vagner jangarilarini isyonga qo‘shilmaslikka chaqirdi

 

Rossiya Mudofaa vazirligi Vagner xavfsizlik kompaniyasi jangarilarini isyonga qo‘shilmaslikka chaqirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Vagner  jangchi  qo'shinlariga murojaat qilib, kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojinning jinoiy sarguzashtlariga  qatnashmaslikni so'radi. 

"Ular sizni Prigojinning jinoiy sarguzashtiga va qurolli qo'zg'olonga aldamoqda. Turli bo'linmalardagi ko'plab do'stlaringiz xatosini tushunib, doimiy joylashuviga xavfsiz qaytish uchun yordam so'rashdi.

  Murojaat qilgan barcha jangchilar va qo‘mondonlarga har tomonlama yordam beramiz”, — deyiladi xabarda.

Vagner jangchilaridan sog'lom fikr yuritishni va Mudofaa vazirligi yoki huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan imkon qadar tezroq bog'lanishlarini so'rab,

“Biz barchangizning xavfsizligini kafolatlaymiz”, — deyiladi xabarda.

Rossiyaning “Vagner” xavfsizlik kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin ularning lagerlarini rus armiyasi tomonidan hujumga uchraganlikda ayblab, javob choralarini ko‘rganliklarini aytgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Vagner ularning lageriga hujum qilgani haqidagi ayblovlarni rad etdi.

 

 



Aloqador xabarlar