Ekvadorda sodir bo‘lgan ko‘chkida 65 kishi halok bo'ldi

Janubiy Amerika davlati Ekvadorda 27-mart kuni sodir bo‘lgan ko‘chkida halok bo‘lganlar soni 65 nafarga yetgani ma’lum qilindi.

2000436
Ekvadorda sodir bo‘lgan ko‘chkida 65 kishi halok bo'ldi

 

Janubiy Amerika davlati Ekvadorda 27-mart kuni sodir bo‘lgan ko‘chkida halok bo‘lganlar soni 65 nafarga yetgani ma’lum qilindi.

Ekvador Milliy Risk Boshqaruvi Kotibiyati tomonidan berilgan bayonotda, Chimborazo shtatining Alausi shahrida sodir bo'lgan ko'chkida yangi jasadlar aniqlangani bildirildi.

Tabiiy ofatda hayotdan ko'z yumganlar sonining 65 nafarga ko'tarilgani, bedarak yo'qolgan bo'lish ehtimoli tufayli qidiruv ishlarining bir muddat davom etishi bildirildi.

Ko‘chkilar oqibatida 163 ta uy zarar ko’rgani , 60 ta uy butunlay vayron bo‘lgani, 56 kishi hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko'ra, mintaqadagi tog'da bir muddatdir yoriqlar paydo bo'lgan va bu ko'chkiga sabab bo'lgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar