Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda qamoqdagi Falastinlik Islom al-Faruhning uyini buzib tashladi

Isroil kuchlari bosib olingan G‘arbiy Sohilda qamoqdagi Falastinlik  Islom al-Faruhning uyini buzib tashladi

1997020
Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda qamoqdagi Falastinlik  Islom al-Faruhning uyini buzib tashladi

 

Isroil kuchlari bosib olingan G‘arbiy Sohilda qamoqdagi Falastinlik  Islom al-Faruhning uyini buzib tashladi.

Isroil armiyasining bo‘linmasi Ramallohdagi Feruh oilasining uyi ostiga portlovchi moslama joylashtirdi. Portlash o'z ta'sirini 4 qavatli binoning ikkinchi qavatigacha ko'rsatdi.

Bu orada vayronaga munosabat bildirgan mahalla yoshlari bilan Isroil askarlari o'rtasida to'qnashuv kelib chiqdi. Askarlar haqiqiy va plastik o'qlardan foydalangan bo'lsa, falastinliklar tosh otish bilan javob qaytargan.

Voqealarda 16 Falastinlik yaralandi; ularning o'nlab odamlari otilib chiqqan gazdan ta'sirlangan.

2023-yil boshidan may oyining oxirigacha Isroil hukumati bosib olingan Sharqiy Quddusdagi 104 ta Falastin binosini “litsenziyasiz” degan bahona bilan buzib tashladi.

Isroil kuchlari hujum uyushtirganlikda ayblagan Falastinliklarni uylarini buzib, hibsga olish va qamoqqa tashlash orqali jazolamoqda.

Falastinlik Islom al-Feruh 2022-yil 27-dekabr kuni G‘arbiy Quddusning ikki xil nuqtasida avtobus bekatlari yaqinida bombali hujum uyushtirganlikda ayblanib hibsga olingan edi.

 

 



Aloqador xabarlar