Finlyandiya Rossiya elchixonasidagi diplomatlarni deportatsiya qilishga qaror qildi
Finlyandiya hukumati Rossiyaning Xelsinkidagi elchixonasida ishlagan 9 kishi va razvedka xodimlarini deportatsiya qilishga qaror qildi.

Finlyandiya hukumati Rossiyaning Xelsinkidagi elchixonasida ishlagan 9 kishi va razvedka xodimlarini deportatsiya qilishga qaror qildi.
Hukumatdan berilgan yozma bayonotda, Prezident Sauli Niinistyoning joriy voqealarni muhokama qilish uchun Vazirlar Kengashi yig'ilgani bildirildi.
Uchrashuvda Rossiya-Ukraina urushi va Yevropadagi mavjud xavfsizlik vaziyati muhokama qilingani bildirilgan bayonotda quyidagilar qayd etildi.
“Prezident va Vazirlar Kengashi Kahovka toʻgʻonining qulashini gumanitar va ekologik ofat sifatida qoralaydi.
To‘g‘onning yorilishi Ukrainadagi urushning yangicha tus olayotganini, tinch aholi va atrof-muhitga katta zarar yetkazayotganini anglatadi.
Shuningdek, Xelsinkidagi Rossiya elchixonasida ishlagan 9 razvedka xodimini deportatsiya qilishga kelishib olindi.
Ularning harakatlari “Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida”gi Vena konventsiyasini buzadi. Tashqi ishlar vazirligi bu haqda Rossiya elchisiga xabar beradi”.
Finlyandiya Tashqi Ishlar Vazirligi ham Twitter’dagi sahifasida Rossiya Muvaqqat ishlar vakili chaqirilib, Xelsinkidagi Rossiya elchixonasida ishlagan va razvedka xodimi ekani aniqlangan 9 kishining deportatsiya qilingani haqida ma’lum qildi.
Aloqador xabarlar

Vengriya Shvetsiyaning NATOga a'zoligini ma'qullashga shoshilmaydi
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Viktor Orban parlamentda so'zlagan nutqida ma'lum qildi.