Ekvadordagi suv toshqinlari oqibatida 15 ming kishi jabrlandi

Ekvador matbuotida chop etilgan xabarga ko'ra, mamlakat shimoli-g'arbidagi Esmeral shahrida kuchli yomg'ir suv toshqiniga sabab bo'lgan.

1996559
Ekvadordagi suv toshqinlari oqibatida 15 ming kishi jabrlandi

 

Janubiy Amerikaning Ekvador davlatida kuchli yomg'ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinidan 15 ming kishi jabr ko'rgani ma'lum qilindi.

Ekvador matbuotida chop etilgan xabarga ko'ra, mamlakat shimoli-g'arbidagi Esmeral shahrida kuchli yomg'ir suv toshqiniga sabab bo'lgan.

Prezidentlik aloqa Bosh Kotibiyati tomonidan berilgan bayonotda 15 ming kishining suv toshqinidan zarar ko'rgani, 842 kishining vaqtinchalik boshpanalarga olib kelingani, 1467 kishining fuqarolik mudofaa guruhlari tomonidan qutqarilgani bildirildi.

Bayonotda shiddatli yog‘ingarchilik tufayli shu kungacha 2 ming 895 uy zarar ko‘rgani, 1 oylik yog‘ingarchilikning 12 soatda tushgani qayd etilgani ma'lum qilingan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz davom etmoqda. Ayrim hududlarda elektr va ichimlik suvi taʼminoti taʼminlab boʻlmagani maʼlum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Ekvator

Aloqador xabarlar