DAISh Afg‘onistonda gubernator o‘rinbosari Ahmadiyga suiqasdni o'z zimmasiga oldi

Badaxshon viloyati gubernator o‘rinbosari Mavleviy Nisor Ahmad Ahmadiy Badaxshon viloyatining markaziy tumani Feyzobod shahridagi Sud maydonida xudkushlik hujumiga uchragan va voqea joyida halok bo‘lgan.

1996543
DAISh Afg‘onistonda gubernator o‘rinbosari Ahmadiyga suiqasdni o'z zimmasiga oldi

 

Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida DAISh terror tashkiloti Tolibon tomonidan tayinlangan gubernator o‘rinbosari Mavleviy Nisar Ahmad Ahmadiyning o‘limiga sabab bo‘lgan suiqasd uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Terror tashkiloti ijtimoiy media hisobidan bergan bayonotida kecha ertalab sodir bo'lgan hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi.

Badaxshon viloyati gubernator o‘rinbosari Mavleviy Nisor Ahmad Ahmadiy Badaxshon viloyatining markaziy tumani Feyzobod shahridagi Sud maydonida xudkushlik hujumiga uchragan va voqea joyida halok bo‘lgan.

Eslatma: 9-mart kuni Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatorligi binosiga uyushtirilgan bombali hujumda Tolibon muvaqqat hukumati gubernatori Muhammad Dovud Muzemmil halok bo‘lgandi, javobgarlikni DAISh o‘z zimmasiga olgandi.

2021-yil avgust oyida Tolibon Afgʻoniston maʼmuriyatiga kelganidan soʻng, Daish nafaqat Tolibon aʼzolariga, balki tinch aholiga qarshi hujumlarini kuchaytirdi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar