AQSH Rossiya yadro qurolining Belarusga o‘tkazilishini keskin qoraladi

Amerika Qo'shma Shtatlar Rossiya va Belarus o'rtasida taktik yadro qurollari bo'yicha imzolangan kelishuvga munosabat bildirdi.

1991070
AQSH Rossiya yadro qurolining Belarusga o‘tkazilishini keskin qoraladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlar Rossiya va Belarus o'rtasida taktik yadro qurollari bo'yicha imzolangan kelishuvga munosabat bildirdi.

Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pier kundalik matbuot anjumanida Rossiya va Belarus o'rtasida Belarusda taktik yadroviy qurollarni joylashtirishni rasmiylashtirish bo'yicha imzolangan kelishuv ularning yadroviy pozitsiyalariga ta'sir qiladigan vaziyat emasligini aytdi.

Rossiyaning yadroviy qurol ishlatishga tayyorlanayotganiga ishora yo'qligini ifoda etgan Jan-Pier, Rossiyaning bu qadamini "mas'uliyatsiz va provokatsion tanlovlar qilishning yana bir namunasi" deb baholadi.

U shuningdek, AQSh NATO ittifoqining jamoaviy mudofaasiga sodiqligini ta'kidladi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Mett Miller ham Belarusning Rossiya bilan taktik yadroviy qurollar bo'yicha kelishuv imzolaganini qoraladi.

"Bu biz bir yildan ko'proq vaqt oldin Rossiyaning Ukrainaga to'liq bostirib kirishida ko'rgan mas'uliyatsiz xatti-harakatlarning oxirgisi" dedi u.

Miller, avvalroq Rossiyaning Ukraina bilan urushida biologik, kimyoviy yoki yadroviy qurollardan foydalanishi katta xarajatlarga olib kelishini aytgandi.

Kecha Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Belarus mudofaa vaziri Viktor Hrenin Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirish bo‘yicha hujjatlarni imzoladi.

Hrenin bu G‘arb davlatlarining “dushmanona” va “tajovuzkor” siyosatiga javob ekanligini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Belarus , #Rossiya , #AQSh

Aloqador xabarlar