Rossiya Shvetsiyaning besh diplomatini mamlakatdan chiqarib yubormoqda

“Rossiya tomoni javob tariqasida besh shved diplomatini, shu jumladan, Shvetsiyaning Moskvadagi elchixonasi mudofaa bo‘yicha attashesining uch nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilishga qaror qildi", deyiladi xabarda.

1991060
Rossiya Shvetsiyaning besh diplomatini mamlakatdan chiqarib yubormoqda

 

Rossiya Shvetsiyaning besh diplomatini mamlakatdan chiqarib yubormoqda.

Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha 25 may kuni Shvetsiyaning Moskvadagi elchisi Malena Mard Rossiya diplomatik missiyasiga chaqirilgan. 

“Shvetsiya elchisiga Rossiya tomoni javob tariqasida besh shved diplomatini, shu jumladan, Shvetsiyaning Moskvadagi elchixonasi mudofaa bo‘yicha attashesining uch nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilishga qaror qilgani ma’lum qilindi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, 1 sentyabrdan boshlab Rossiya Federatsiyasi Shvetsiyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi faoliyatiga berilgan roziligini qaytarib oladi va shu kundan boshlab Rossiyaning Gyotborgdagi Bosh konsulligi faoliyatini to‘xtatadi.

“Shvetsiyaning Rossiya Federatsiyasiga nisbatan qarama-qarshilik yo‘nalishini hisobga olgan holda, Rossiya tomoni 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab Rossiya Federatsiyasining Gyotborgdagi Bosh konsulligi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Rossiyaning besh nafar diplomati Shvetsiyadan chiqarib yuborilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar