Germaniyada 10 nafar turk millatiga mansub nomzod deputat etib saylandi

Germaniyaning Bremen shtatida 14-may kuni bo'lib o'tgan saylovda 10 nafar turk millatiga mansub nomzod deputat etib saylandi.

1989077
Germaniyada 10 nafar turk millatiga mansub nomzod deputat etib saylandi

 

Germaniyaning Bremen shtatida 14-may kuni bo'lib o'tgan saylovda 10 nafar turk millatiga mansub nomzod deputat etib saylandi.

Muvaqqat natijalarga ko‘ra, Sotsial-demokratik partiyadan (SPD), Mustafo Gung‘or, Mehmet Ali Seyrek, Rejai Aytash, Medine Yulduz va Selin Eje Arpaz, Xristian Demokratik Birlik partiyasidan (CDU), O‘g‘uzhan Yazıjı, Yashillar partiyasidan Sulmez Cho‘lak va So'l partiyadan Jindi TunJel va Muhlis Ko’jao’g'lu, G'azablangan fuqaro (BIW) partiyasidan Meltem Sag’irog'lu bilan birga o'n nafar deputat saylandi.

Shunga ko’ra, shtatdagi avvalgi qonunchilik davrida 6 nafar bo’lgan turk asli siyosatchilar soni 10 nafarga ko’tarildi.

87 o'rinli Bremen shtat assambleyasida SPD 27, CDU 24, Yashillar 11, Chaplar partiyasi 10, BIW 10 va FDP 5 o'rinni qo'lga kiritdi.

Bremen shtati hukumati tashkil etilgandan keyin senatorlar lavozimiga tayinlanadigan deputatlar shtat qonun chiqaruvchi organini tark etishi kerak bo‘ladi.

Shundan so'ng, asli turkiy vakillar soni ortishi mumkin, chunki parlamentga zaxira safidan kirish imkoniyati paydo bo'ladi.

Shundan so'ng, asli turkiy vakillar soni ortishi mumkin, chunki parlamentga zaxira safidan kirish imkoniyati paydo bo'ladi.

14 may kuni bo'lib o'tgan saylovda asli turk millatiga mansub 27 nomzod viloyat majlisiga kirish uchun kurash olib bordi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar