Zelenskiy qo‘llab-quvvatlagani uchun Makronga minnatdorchilik bildirdi

Emmanuel Makron bilan Vladimir Zelenskiy Yaponiyaning Xirosima shahrida uyushtirilgan “G-7 Liderlar sammiti”da uchrashdi.

1988775
Zelenskiy qo‘llab-quvvatlagani uchun Makronga minnatdorchilik bildirdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiyaning Xirosima shahrida uyushtirilgan “G-7 Liderlar sammiti”da uchrashdi.

Makron ushbu uchrashuv haqida o‘zining Twitterdagi sahifasida videolavha bo‘lishdi.

Uchrashuvda Makron, Zelenskiyga, G-7 sammitiga kelishdan oldin Saudiya Arabistoniga tashrif buyurish muhimligini qayd etdi.

Makronning qayd etishicha Zelenskiyning bu yerda bo‘lishi, G-7 tarkibidagi davlatlarning liderlari bilan uchrashuv o‘tkazishi jihatidan noyob imkoniyatdir. Shuningdek Ukraina Prezidenti sammit munosabati bilan janubiy yarimshar mamlakatlari yetakchilari bilan ham uchrashishi mumkin.

Zelenskiyning sammitdagi ishtiroki Ukraina uchun “o‘yinni o‘zgartiruvchi” bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratgan Makron, Fransiyaning, Ukraina-Rossiya urushining boshidan beri Ukraina bilan yelkama-yelka ekanini ifoda etdi.

Zelenskiy qo‘llab-quvvatlagani uchun Makronga minnatdorchilik bildirdi.

Zelenskiy esa uchrashuv bilan bog‘liq Twitterdagi sahifasida “Fransiyaning qiruvchi samolyotlar borasida bergan yordami va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan o‘quv missiyasida ishtirok etishi muhim”. - dedi.

Uchrashuvda “Ukraina tinchlik formulasi”ni tatbiq etish va iloji boricha koʻproq davlatni jalb qilish ustuvorligini taʼkidlaganiga eʼtibor qaratgan Zelenskiy, Arab ittifoqi sammitida amalga oshirilgan samarali tashrif haqida ham maʼlumot berganini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar