Afg‘onistonda harbiy vertolyot qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda harbiy vertolyot qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi.

1988865
Afg‘onistonda harbiy vertolyot qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi

Afg‘oniston shimolida harbiy vertolyot qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi.

Tolibon muvaqqat hukumati mudofaa vazirligi bu borada bayonot berdi.

Unda, Afg‘oniston shimolidagi Balh viloyati markazi Mozori Sharifdan Samangan viloyatiga yo‘l olgan MD-530 rusumli harbiy vertolyotning ertalabki soatlarda shahar yaqinida qulagani va uning Hulm tumani va yaqinlariga tushgani shuningdek, ikki uchuvchi halok bo‘lgani qayd etildi.

Vertolyotning elektr ustuniga to‘qnashuvi natijasida halokatga uchragani, voqea tafsilotlari o‘rganilgani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #uchuvchi , #harbiy vertolyot

Aloqador xabarlar