Sudandagi toʻqnashuvlarda hayotdan koʻz yumganlar soni ortdi

Xartum va boshqa shaharlarda 15-aprel kuni ertalab Sudan armiyasi bilan Tezkor Harakat kuchlari o‘rtasida kelib chiqqan qurolli to‘qnashuvlar hali ham davom etmoqda.

1981045
Sudandagi toʻqnashuvlarda hayotdan koʻz yumganlar soni ortdi

Sudanda armiya va Tezkor Harakat kuchlari (THK) oʻrtasida aprel oyining oʻn beshlaridan beri davom etayotgan toʻqnashuvda hayotdan koʻz yumganlar soni 528 nafarga yetdi.

Sudan Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, toʻqnashuvlardan 12 shtat ziyon koʻrgani va 18 shtatdagi shifoxonalarda 528 oʻlim holati bilan 4 ming 599 kishining tan jarohati olgani bildirildi.

Sudanda tomonlar beshinchi marotaba e’lon qilingan otashkesimning ikkinchi kunida ham toʻqnashuvni davom ettirdi.

Toʻqnashuv poytaxt Xartumdagi Prezident saroyi bilan Armiya Bosh qo‘mondonligi atrofida avj olar ekan, janubdagi boshqa mahallalarda ham otashkesim buzilmoqda.

Xartumning koʻplab mahallasidan toʻqnashuv ovozlari kelib, tutun koʻtarilmoqda.

Ayni paytda Tezkor Harakat kuchlari, Umdurmanda armiyaga oid MiG qiruvchi samolyotini urib tushirganini ilgari surdi.

Kecha ertalab boshlagan toʻqnashuvlar kechqurun ham davom etdi.

Sudanda tomonlar, AQShning 28-apreldan boshlab 72 soatlik yangi otashkesim haqidagi chaqirigʻiga amal qilishlarini bildirgandi.

Eslatib oʻtamiz:

Xartum va boshqa shaharlarda 15-aprel kuni ertalab Sudan armiyasi bilan Tezkor Harakat kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi.

Buning sababi, Tezkor Harakat kuchlarining butunlay armiya tarkibiga kirishini koʻzda tutgan harbiy xavfsizlik islohoti boʻyicha oxirgi oylarda qayd etilgan qizgʻin tushunmovchilikdir.

 

 



Aloqador xabarlar