Ekvadorda sodir bo‘lgan ko‘chkida halok bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi

Ekvador Milliy Risk Boshqaruvi Kotibiyati tomonidan berilgan bayonotda, Chimborazo shtatining Alausi shahrida sodir bo'lgan ko'chkida qurbonlar soni ortgani bildirildi.

1977497
Ekvadorda sodir bo‘lgan ko‘chkida halok bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi

 

Janubiy Amerika davlati Ekvadorda 27-mart kuni sodir bo‘lgan ko‘chkida halok bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi.

Ekvador Milliy Risk Boshqaruvi Kotibiyati tomonidan berilgan bayonotda, Chimborazo shtatining Alausi shahrida sodir bo'lgan ko'chkida qurbonlar soni ortgani bildirildi.

Tabiiy ofatda halok bo‘lganlar soni 43 nafarga yetgani, bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etgani bildirildi.

Ko‘chki xavfi tufayli hududdan 1000 ga yaqin odam evakuatsiya qilingani, ishlarning puxtalik bilan davom etayotgani qayd etildi.

Rasmiylarning xabar berishicha, ko‘chki oqibatida 163 ta uy zarar ko‘rgan, 57 ta uy butunlay vayron bo‘lgan.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko'ra, mintaqadagi tog'da bir muddat yoriqlar paydo bo'lgan va bu ko'chkiga sabab bo'lgan.

Ekvador Transport va jamoat ishlari vazirligi yopilgan yo'llarni transport harakati uchun qayta ochish uchun doimiy ish olib borayotganini va 30 mart kuni Chimborazo shtatida "favqulodda vaziyat" e'lon qilganini aytdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar