Lloyd Ostin: Turkiya NATOning muhim ittifoqchisi

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Turkiyaning “F-16” qiruvchi samolyotlari flotini modernizatsiya qilish choralari doirasida fikr bildirdi.

1977630
Lloyd Ostin: Turkiya NATOning muhim ittifoqchisi

 

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Turkiyaning “F-16” qiruvchi samolyotlari flotini modernizatsiya qilish choralari doirasida fikr bildirdi.

Bu haqda u Shvetsiya Mudofaa vaziri Pal Jonson bilan Stokgolmda o‘tkazilgan matubot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Anadolu” agentligi.

Vashington Turkiya Harbiy havo kuchlarining “F-16”ni modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha qarorini qachon beradi, bu Anqaraning Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashga undaydimi, degan savolga javob berar ekan, Ostin Vashington “hech kimni hech qachon qandaydir qaror qabul qilishga shoshiltirmaydi”, deb bayonot berdi.

“Turkiya NATOning muhim ittifoqchisi, zamonaviy imkoniyalarga ega davlat. Uning Shvetsiya masalasini qachon ko‘rib chiqishi to‘g‘risida aniq gap ayta olmayman. Bu yil yozda Vilnyusda NATO sammitiga qadar mazkur masala hal bo‘lishini intiqlik bilan kutib qolamiz”, deb qo‘shimcha qildi vazir.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #F-16

Aloqador xabarlar