Shveytsariya Ukrainaga o‘q-dori eksport qilmaydi

Shveytsariya hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarshi ochgan urushini keskin qoralaydi va buni xalqaro huquqning jiddiy paymoli sifatida ko‘radi ammo Ukrainaga o‘q-dori eksport qilmaydi.

1976719
Shveytsariya Ukrainaga o‘q-dori eksport qilmaydi

Alen Bersetning qayd etishicha Shveytsariya Ukrainaga o‘q-dori eksport qilmaydi.

Berlinda Germaniya kansleri Olaf Sholts bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida gapirgan Berset, Shveytsariya hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarshi ochgan urushini keskin qoralashi va buni xalqaro huquqning jiddiy paymoli sifatida ko‘rishini bildirdi.

Shu bilan birga Berset, Shveytsariyaning uzoq vaqtdan beri davom etgan betaraflik an’anasi va tegishli qonunlari tufayli, qaysidir to‘qnashuvda hech qaysi tomonga harbiy yordam bera olmasligini ham ta’kidladi.

“Hech kim bizdan o‘z qonunlarimizni buzishimizni talab qila olmaydı”.-degan Berset, bu borada mamlakatda munozaralar davom etayotganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Shveytsariya Yevropa ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining bir qismini qabul qildi ammo yevropalik sheriklarining Shveytsariyada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni Ukrainaga eksport qilinishi haqidagi iltimoslarini rad etdi.

Sholts esa matbuot anjumanida, Germaniyaning Shveytsariya bilan ikki tomonlama munosabatlari yaxshi ekanini qayd etdi.



Aloqador xabarlar